Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida yaşovçi K.A. 2021 yil 17 yanvar kuni tuman IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U 2021 yilning 15 yanvar kuni soat 10:00da sinfdoşi A.Q. va uning turmuş örtoği G.A. telefon orqali özlarining “Quraşayx” qişloğidagi yaşaş uyiga çaqirganliklari uçun K.A. fuqaro A.Q.ning yaşaş uyi ayvoniga kirgan vaqtida uni urib, oyoq-qöllarini arqon bilan boğlab, yuz, boş va son sohalariga tayoq bilan qasddan urib, rözğor kapgirini uy içida yongan holatdagi temir peçda qizdirib, K.A.ning qorin sohasiga bir neça marta bosib kuydirişganini aytgan hamda uşbu holat böyiça qonuniy çora körişni söragan.
Tibbiy ma'lumotnomaga asosan K.A.da “boş miya çayqalişi, boşning tepa va çap çakka sohasida qon quyilişi, boşning peşona sohasida ezilib yirtilgan yarasi, qorin pastki sohasi kuygan jarohati va boşqa tan jarohatlari” mavjudligi qayd qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkaboğ tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (qiynaş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida A.Q. işlaş maqsadida Rossiyaga ketgan vaqtida uning turmuş örtoği G.A. jabrlanuvçi K.A. bilan muloqotda bölib kelganligi aniqlangan.
Bundan taşqari, K.A. 2021 yil 15 yanvar kuni şifoxonaga murojaat qilgan vaqtida yuqoridagi janjalni yaşirgan holda, otdan yiqilib, uni ot sudrab ketganini ma'lum qilgani hamda birinçi yordamni olib, şifoxonadan çiqib ketgani aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.












