Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida qalbaki dori vositalari işlab çiqarayotgan yaşirin sex foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi, DXX va Bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro N.D. Yakkaboğ tumani Çinobod mahallasidagi xonadonda yaşirin sex taşkil qilgani aniqlangan. Tsexda dori vositalarning yorliq va yöriqnomalarini özgartiriş orqali qalbaki dori vositalarini tayyorlaş faoliyati bilan şuğullanib kelingan.
Xonadondan umumiy bahosi 193,5 mln sömlik 11 turdagi 3 211 dona dori vositasi hamda 188 638 dona turli dori vositalarining yorliq va yöriqnomalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Bu qisqa vaqtda bir hududda aniqlangan şu kabi ikkinçi holat: oldinroq Yakkaboğ tumanining Xiyobon mahallasida yaşovçi fuqaro uyidagi yaşirin sexda kelib çiqişi noma’lum va sifati kafolatlanmagan dori vositalariga qalbaki etiketkalar yopiştirib, kelgusida dorixonalarga ötkaziş maqsadida saqlab kelinayotgani aniqlangandi.











