Taxtiqoraça dovonida avtotransport vositalarining harakati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar qilmoqda.
IIV YHXBB tomonidan ma'lum qilinişiça, bunga köp miqdorda qor yoğgani sababdir.
“Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça dovonida köp miqdorda qor yoğganligi bois dovon orqali transport vositalarining harakati vaqtinça töxtatildi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, IIV Qamçiq dovonidagi vaziyat böyiça haydovçilarni ogohlantirgandi. Unda Qamçiq dovonida qor yoğib, havo harorati 16 daraja sovuq ekani aytilgan.












