Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV Qamchiq dovonidagi vaziyat bo‘yicha haydovchilarni ogohlantirdi
Qamchiq dovonida qor yog‘ib, havo harorati 16 daraja sovuq bo‘ladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar qilmoqda.
IIV YHXBB barcha haydovchilardan:
- qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishni;
- gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslikni;
- zarurat bo‘lmasa, tungi vaqtlarda transport vositasida harakatlanmaslikni so‘ragan.
Avvalroq, YHXBB yo‘l harakati qatnashchilariga maxsus ma'lumot bilan chiqqandi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, hududiy YHXB va yo‘lga mas'ul xodimlar tomonidan yo‘lni qordan tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilib, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida yo‘lga qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.
Mavzuga oid
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
08:25 / 21.03.2026
O‘zbekistonda havo harorati 28 darajagacha ko‘tarilishi mumkin
20:16 / 16.03.2026