Bir neça kundan buyon mamlakatimizning barça hududlarida Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududidan kirib kelgan sovuq antitsiklon ta’siri sezilmoqda. Aksariyat hududlarda kuçli şamol va qor böroni kuzatilmoqda. Şunday kunlarda bir neçta viloyatlarda elektr energiyasida uzilişlar yuzaga keldi. Bunday holat 2020 yilning dekabr oyi oxirida havo harorati pasayganda ham kuzatilgan edi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» mutasaddisi Jahongir Obidjonovning sözlariga köra, yurtimizda 240 ming km.dan ortiq elektr tarmoqlari va 86 mingta transformator mavjud. Hozirgi kunda bularning 60 foizi eskirgan, çunki yillar davomida bularni modernizatsiya va qayta quriş işlariga e’tibor berilmagan. 2017 yildan boşlab bunga e’tibor qaratilmoqda. 2016 yilda eskirganlik darajasi 80 foiz edi. Şundan beri liniyalarni yangilaş işlari bajarilib, bu körsatkiç 60 foizga tuşgan. Hozirda tarmoqlarda modernizatsiya va qayta quriş işlarini davom ettiriş böyiça 5 yillik dastur işlab çiqilmoqda.

«Haqiqatdan ham şu kunlarda havo harorati sovişi oqibatida elektrda juda köp uzilişlar bölyapti. Bunga sabab tarmoqlarning eskiriş darajasi yuqoriligi. Barça viloyatlar va respublikada navbatçilik ştabi taşkil qilingan. Yuz berayotgan avariyalarni tezkor bartaraf etiş işlari olib borilyapti. Qor böroni va şamol boşlangandan beri xodimlarimiz dam olmasdan talafotlarni bartaraf qilişyapti»,- deydi Jahongir Obidjonov.