AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp yiliga 221,4 ming dollar (oyiga 18,45 ming dollar) pensiya va ijtimoiy imtiyozlar oliş huquqiga ega. Ammo u bulardan mahrum bölişi ham mumkin, deb yozadi CNN.

 1958 yilda qabul qilingan sobiq prezidentlar töğrisidagi federal qonunga köra, imtiyozlar impiçment yoki jinoyati uçun sudlanganligi sababli lavozimidan çetlatilmagan prezidentlargagina beriladi.

Trampning prezidentlik muddati nihoyasiga yetdi, unga impiçment e'lon qilinmadi. Endilikda sönggi sözni sud aytadi.

Donald Tramp pensiyadan taşqari umrining oxirigaça qöriqçilar bilan ta'minlanişi mumkin. Uni va sobiq xonim Melaniya Trampni qöriqlaş uçun davlat budjetidan yiliga 1,5 million dollarga yaqin pul ajratilişi mumkin.

Tramp şuningdek, AQŞda ofis oçişi va xodimlar yollaşi mumkin böladi. Xodimlarning maoşi qisman federal budjetdan tölanadi.

Sobiq prezident va uning ikki yordamçisining safarlari uçun yiliga bir million dollargaça beriladi.

Tramplar juftligi harbiy hospitallarda davolana oladi, ammo buning uçun öz çöntaklaridan pul tölaşlariga töğri keladi.