Joriy yilning 22 yanvar kuni maktab darsliklari bilan boğliq muammolarga bağişlangan brifing ötkazildi. Unda xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev darsliklarda yöl qöyilgan xatolar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlar haqida gapirdi.

Unga köra, darsliklar bir marta çop etilgaç, bir neça yil davomida ijara asosida foydalaniladi. Bir yilda 600 mingdan ortiq adadda darsliklar çop etiladi. Xatoga yöl qöyilgan bölsa, mas'ulga nisbatan çora köriladi, biroq töliq tirajni qayta çop etiş imkoni deyarli yöq. Har yili öşa darslikka duç kelgan ota-onalar öşa xatolarni qayta-qayta tarmoqqa qöymoqda. 

«Bugun ijtimoiy tarmoqlarda darsliklar bilan boğliq kötarilayotgan masalalar köp. Öşa darsliklarni olib, çop etilgan sanasiga qaraydigan bölsak, u 2017 yilda, 2018 yilda çop etilganini köriş mumkin. Darsliklar böyiça katta işlar boşlangan. Kim bu jarayonlarni öz közi bilan körişni istasa, Respublika ta'lim markaziga taklif etamiz. Yangi milliy öquv dasturiga mos ravişda, darsliklar töliq yangilanmoqda», - dedi vazirlik mutasaddisi.