Bir guruh samarqandlik talabalar dekabr oyida Toşkentda bölib ötgan Yoşlar forumida Özbekiston talabalari assotsiatsiyasini taşkil etiş va şu orqali «Samarqand tajribasi»ni yaratişni taklif qilgan edi. Taklifni prezident Şavkat Mirziyoyev qöllab-quvvatlagandi.

Kuni keça Samarqand davlat universitetida assotsiatsiyaning ta'sis forumi bölib ötdi.

«Assotsiatsiyani taşkil etişdan asosiy maqsad mamlakatimiz – OTMlari talabalarini qiziqiş va ehtiyojlariga qarab, jamoatçilik boşqaruvi asosida birlaştiriş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, yuksak ma'rifatli, bilimdon mutaxassislar bölib yetişişlari yölida qöllab-quvvatlaşdan iborat», – deyiladi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabarida.

Onlayn-muloqot tarzida taşkil etilgan tadbirda mahalliy OTMlardan taşqari Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi, Xalqaro ipak yölida joylaşgan universitetlar assotsiatsiyasi, Yevroosiyo universitetlari assotsiatsiyasi vakillari, AQŞ, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, Hindiston, Afğoniston, Isroil, Turkiya, Belarus, Vengriya kabi davlatlarning talaba-yoşlari iştirok etdi.

Forumning oçiliş marosimida sözga çiqqan Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari Yu. Absoatov, SamDU rektori Rustam Xalmurodov va boşqalar Talabalar assotsiatsiyasi taşkil etilgani bilan Özbekiston yoşlarini qutlab, uning faoliyatiga omad tiladi.

Forumda Özbekiston talabalar Assotsiatsiyasini taşkil etiş masalasi onlayn sörovnoma orqali ovozga qöyildi. Unda iştirok etganlarning deyarli barçasi Samarqand davlat universiteti huzurida Özbekiston Talabalar assotsiatsiyasini taşkil etişni yoqlab ovoz berdi.