Şu munosabat bilan saylov uçastkalari mahalliy soat 8dan oçilib, 19gaça işlaydi. Aholisi 10 mlndan oşadigan Portugaliyada 9 mlndan köproq kişi ovoz beriş huquqiga ega.
Mamlakat qonunçiligiga köra, prezident 5 yilga saylanadi. Amaldagi prezident, 72 yoşli Rebelu di Souza 2016 yildan beri uşbu lavozimni egallab keladi va joriy saylovlar favoriti hisoblanadi.
Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan köproq ovoz töplay olmasa, unda 14 fevralda saylovlarning 2-bosqiçi bölib ötadi.
Portugaliya konstitutsiyasiga köra, davlat suvereniteti, birdamligi va hududiy yaxlitligi kafili hisoblanadigan prezidentning vakolatlari juda keng bölib, u oliy boş qömondon hisoblanadi, saylovlar natijalarini hisobga olib boş vazirni tayinlaydi, hukumat taklifi va parlament ma'qullovi bilan uruş e'lon qilişi va tinçlik sulhi tuzişi, favqulodda vaziyat e'lon qilişi mumkin.
Portugaliya prezidentining muhim vakolatlaridan biri mamlakat parlamentini tarqatib yuborişi mumkinligi hisoblanadi.
Oxirgi sörovnomalarga köra, amaldagi prezident saylovlarda işonçli ğalabaga erişişi kutilmoqda. Unga saylovçilarning 63 foizi öz ovozini berişi mumkin.
Portugaliyada saylovlar pandemiya şaroitida ötkazilmoqda. Mamlakatda sönggi sutkada koronavirusga çaliniş böyiça rekord körsatkiç qayd qilindi. Hozirda respublikada favqulodda vaziyat rejimi amal qilmoqda.
Şu sababli saylovlar karantin çeklovlariga amal qilgan holda ötkaziladi. Jumladan, hukumat muddatdan avval ovoz beriş uçun köproq vaqt ajratdi, ovoz beriş joylari sonini köpaytirdi. Saylovçilar saylov uçastkalariga himoya niqoblarida kelişlari belgilab qöyilgan. Uçastkalarda muntazam ravişda dezinfeksiya işlari olib boriladi. Saylovlargaça 10 kun içida kasallanganlar ovoz berişda iştirok eta olmaydilar.












