Qashqadaryoda Islom Karimov byustlari uchun o‘qituvchilardan pul yig‘ilgani haqida xabar tarqaldi. XTB izoh berdi

Foto: Islom Karimov fondi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktab o‘qituvchilarining murojaati tarqaldi.
«Yaqinda direktor hokimlikdan Islom Karimov byustini ko‘tarib keldi. Byustning narxi 450 ming so‘m ekan. Maktab xodimlariga bo‘lib chiqsak, har kimga 10 ming so‘mdan to‘g‘ri kelar ekan. «Hamma shu pulni bersin, keyin yig‘ilgan pulni hokimiyatga olib boramiz», dedi direktor», – deyiladi murojaatda.
Qashqadaryo viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi bunga munosabat bildirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish maqsadida tayyorlangan byustlarni viloyatdagi hokimlik, idora, korxona, tashkilot va muassasalarga yetkazish bo‘yicha «taklifiy taqsimot jadvali» tuzilgan.
Jadvalga asosan, Qashqadaryo Xalq ta'limi boshqarmasiga 200 ta byust taqsimot qilingan. Viloyat XTB bu haykallarni tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlariga taqsimlab bergan.
Chiroqchi tumaniga 30 ta, Qarshi shahriga 9 ta, Qarshi tumaniga 12 ta, Mirishkor tumaniga 7 ta, G‘uzor tumaniga 12 ta, Dehqonobod tumaniga 17 ta, Qamashi tumaniga 15 ta, Koson tumaniga 18 ta, Kitob tumaniga 16 ta, Muborak tumaniga 6 ta, Nishon tumaniga 7 ta, Kasbi tumaniga 10 ta, Shahrisabz tumaniga 15 ta, Yakkabog‘ tumaniga 18 ta, Shahrisabz shahriga 4 ta byust taqsimlangan.
«Hozirda tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limlarida homiylik yoki budjetdan tashqari tushgan mablag‘ asosida shakllantirib maktablarga tarqatish uchun saqlanmoqda.
Qolgan 5 ta tumanda birinchi prezidentimiz I.Karimovning byustlari, o‘zlari tashabbus ko‘rsatgan maktab direktorlariga tarqatilgan. Jumladan, Chiroqchi, Muborak, Qarshi, Koson, Dehqonobod tumanlari maktablariga tarqatilishi taqsimot qilingan bo‘lib, pul mablag‘lari maktablar jamoasidan yig‘ib olinmagani ma'lum bo‘ldi», – deyiladi rasmiy izohda.
Eslatib o‘tamiz, 2 sentyabr O‘zbekistonda birinchi prezident xotira kuni sanaladi. Islom Karimov xotirasi shuningdek u tug‘ilgan sana – 30 yanvarda ham yodga olinadi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Parkent tumanida «Parkensoy» turar-joy massivi qurilishi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi
Jahon | 18:33
-
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi
Jahon | 18:25
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

17:29 / 05.06.2025
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025