Kun.uz şu va boşqa savollar bilan bolalar psixologi Rozaliya Gabdulhakovaga murojaat qildi.
— 2019 yilda ötkazilgan tadqiqotlarga köra, gadjetlardan köp foydalanadigan bolalar öz tengdoşlaridan 2–3 yoşga orqada qolişi, 9–10 yoşli bolalarda bir kunda 3 soatdan köp gadjetlardan foydalaniş qandli diabet, semiriş kabi kasalliklarga olib kelişi, 15–16 yoş ösmirlarda suyaklarning mörtlaşişiga olib kelişi aniqlangan. Kuniga 7 soatini şunga sarflaydigan bolalar esa tuşkunlikka moyil bölişadi.
Bularni eşitgaç, bolani butunlay gadjetlardan mahrum qiliş ham töğri bölmaydi, çunki zamon talabi şunday. Bolaga undan töğri va unumli foydalanişni örgatişimiz kerak.
Bola gadjetga örganib qolişidan asraş uçun ota-ona şaxsiy namuna bölişi kerak. Bola eşitganini emas, körganini qiladi. Otalar gadjetlar bilan, onalar instagram yoki feysbuk, seriallar bilan band bölib, bolani bundan çeklaş batamom foydasiz.
Bolalar bilan ruhan yaqinlaşiş kerak. Ota-ona jismonan uning yonida bölsa-yu, xayoli telefonda yoki boşqa narsada bölsa, bola ularni yöqday his qiladi.
Bola nega yolğon gapiradi?

— Yolğonning ildizida qörquv yotadi. Bolaning yolğon gapirişi – ota-ona tarbiyada juda ham qattiqqöl ekanidan dalolat.
Ösmirlik yoşida ham bola köp yolğon gapirişi mumkin, çunki afsuski, köp ota-onalar öz bolalarini qabul qila olmaydi. Ota-onasining taqiqlari ortidan ösmirlar yolğon gapirişga majbur bölişadi.
«Istamayman, yemayman, bormayman». Bola nega injiqlanadi?
— Boladan nimadir qiliş yoki nimanidir qilmaslik söralganida, u injiqlik qilsa, avvalo ota-ona özi uçun aniqlik kiritib olişi kerak: maqsadi şunçaki bolasiga öz aytganini qildirişmi yoki haqiqatan ham bola uçun foydali narsani talab qilyaptimi?
Boğça yoşini gapiradigan bölsak, bolalarda 3 yoş krizisi bor. Bunda bola öz xohişlari ota-onasining xohişlaridan farqlanişini tuşunib yetadi va öz xohişlarini ifodalay boşlaydi. Bu paytda hatto u xohlagan narsani taklif qilsangiz ham, rad etişi mumkin. Bu davr 2,5 yoşdan 4,5 yoşgaça davom etişi mumkin.












