Norma’ning yozişiça, koronavirus pandemiyasi böyiça körilgan karantin çora-tadbirlari sababli 2020/2021 öquv yili uçun magistratura va qayta tayyorlaş kurslariga qabul amalga oşirilmagan. Natijada joriy yilning sentabr–dekabr oylari davomida professor-öqituvçilar öquv yuklamasi kamaygan. Biroq Akademiya ştati tomonidan davlat organlari xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça qisqa muddatli kurslar ötkazilgan.
Akademiya faoliyati uzluksizligini ta'minlaş, kadrlar qönimsizligining oldini oliş, şuningdek ta'lim sifati va samaradorligini oşiriş maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
2021/2022 öquv yiliga qadar 2019/2020 öquv yilida şakllangan 49 ta professor-öqituvçilar ştat birliklarini saqlab qoliş;
professor-öqituvçilarning iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarni 2020 yil sentabr–dekabr oylari uçun Akademiyaning 2020 yil uçun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet va budjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriş;
2021/2022 öquv yiliga qadar – Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uçun tasdiqlangan mablağlar hisobidan töliq moliyalaştiriş.
Davlat boşqaruvi akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyatining yönalişlari quyidagilar hisoblanadi:
- oliy kasbiy ta'lim dasturlari böyiça davlat, xöjalik va jamiyat boşqaruvi sohasida boşqaruv kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
- tinglovçilarda puxta bilim, taşabbuskorlik va yetakçilik sifatlarini, şuningdek tizimli tahlil qiliş va strategik rejalaştiriş, har qanday şaroitda qaror qabul qiliş könikmalarini şakllantiriş;
- Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar böyiça kadrlarni tayyorlaş borasida har yilgi maqsadli buyurtmalar portfelini şakllantiriş va boşqalar.













