— Davlat boşqaruvi akademiyasi davlat xizmatçilari, bölajak vazir va hokimlarni rahbarlikka, boşqaruvga tayyorlab beradi. Xöş, akademiyada ularni kimlar öqityapti özi?
Bu yerda deylik, dunyoda tan olingan yirik markazlar: Harvard, Yyel, Oksford, Kembridjda doktorlik darajasini himoya qilib kelganlar neçta?
— 2018-2020 yillarda akademiyamizning malaka oşiriş kurslarida 15 mingdan ortiq kişi iştirok etgan. 2021-2022 yillarda biz 142,5 mingdan ortiq kişining malakasini oşirdik.
Öylab körsak, biz avvalgi yillarga nisbatan keyingi 1-2 yil içida 9 baravar köproq kişining malakasini oşirdik. Bu katta raqamdek. Lekin yaqinda ötgan selektor yiğilişida prezidentimizning akademiyamizdan unçalik ham köngli tölmayotganini sezdim.
U kişi raqamlarning ortidan emas, sifatning ortidan quviş kerakligi haqida gapirdi. Siz aytayotgan masala şu sifat masalasi.
Afsuski, oxirgi ikki yilda akademiyaning magistraturasiga qabul bölmadi. Natijada siz aytayotgan yuqori kvalifikatsiyali öqituvçilarni jalb qiliş imkoniyati bölmadi.
Bugun biz prezident bergan topşiriqlardan kelib çiqib, akademiyada töliq transformatsiya işlarini boşladik. Bunda Buyuk Britaniyaning Oksford, Singapurning davlat xizmati kolleji, Birlaşgan Arab Amirliklarining davlat boşqaruv maktabi, Turkiyada Inson resurslarini boşqariş, Koreyada Koreyani rivojlantiriş institutlari bor. Biz bugun şu institutlar bilan hamkorlikda akademiya transformatsiyasiga bağişlangan prezident qarori hujjat loyihasini tayyorlayapmiz.
Biz bu jarayonda öqituvçilarimiz va avvalo yoş professor öqituvçilarimizni rivojlangan davlatlarning universitetlarida malakasini oşirişni reja qilyapmiz.

— Akademiyaning ta’lim dasturlari xalqaro standartlarga qançalik mos keladi?
— Avvalo universitet bilan akademiyaning farqini tuşunib olişimiz kerak. Universitet köproq nazariy ta’lim beradigan akademik oliy ta’lim muassasasi.
Bizning dasturlarimiz esa amaliyotga yönaltirilgan.
— Men balki savolimni sizga tuşuntirolmagandirman. Umuman qayta tayyorlaş ham qaysidir dastur bilan böladi-ku, şuni sörayapman.













