Germaniyada nogironlar va qariyalarni parvarişlaş xizmati xodimlari koronavirusga qarşi emlanişdan boş tortgani uçun işdan böşatildi. Germaniyada uşbu toifadagi xizmatçilar vaksinani birinçi navbatda oluvçilar guruhiga kiradi.
Bild naşrining xabar berişiça, qariyalar va nogironlarni parvarişlaş bilan şuğullanuvçi kompaniya koronavirusga emlanişni istamagan 7 xodimini böşatib yuborgan. Şu bilan birga, Germaniyada emlaş ixtiyoriy tarzda ötkazilmoqda va emlanişni istamaganlarning işdan böşatilişi birinçi marta yuz bermoqda.
“Uşbu qarorni kompaniya rahbari qabul qildi. U bundan oldin xodimlariga bir qarorga keliş uçun ikki kun muhlat bergan. Biroq ular emlanişdan boş tortişgan”, deb ma'lum qilgan naşr.
Ta'kidlanişiça, 3 xodim vaksina olişni istamagan, yana 4 xodim berilgan muhlat içida bir qarorga kela olmagan. Natijada ularning barçasi işdan böşatilgan.
“Men mijozlarimizni himoyalaş uçun barça işni qilaman. Bu burçimdir”, deb öz qarorini tuşuntirgan kompaniya rahbari.
Naşr ma'lumotlariga köra, şundan keyin kompaniya egasiga emlaşga qarşi çiquvçilar tomonidan turli tahdidlar qilina boşlangan.
Germaniyada koronavirusga qarşi emlaş dekabr oxirida boşlandi. Mamlakat 2020 yil oxirida BioNTech va Pfizer kompaniyalarining 1,3 mln dozadan köproq vaksinasini olgandi. 2021 yil boşiga yana 4 mln doza yetkaziş belgilangandi. Biroq AQŞ va nemis kompaniyalarining vaksina yetkazilişi muddatlari surilişi mumkinligi haqidagi xabaridan keyin uşbu muddatlar çözilişi mumkin.












