Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 2020 yilning yanvar-dekabr oylaridagi hududlarning iqtisodiy rivojlaniş körsatkiçlari haqida ma'lumot berdi.
Institut tahliliga köra, 2020 yilda respublika yalpi içki mahsuloti (YaIM)ning ösiş sur'ati 1,6 foizni taşkil qilgan.
Ötgan yilda iqtisodiy rivojlaniş körsatkiçi eng baland hudud sifatida Navoiy viloyati (7,1 foiz) qayd etilgan. Keyingi poğonalarni Namangan (4,8 foiz), Surxondaryo (4,4 foiz), Farğona (3 foiz) viloyatlari egallagan.
Mos ravişda iqtisodiy ösiş körsatkiçlari respublika körsatkiçidan past hududlar sifatida Jizzax viloyati (1,6 foiz), Toşkent şahri (1,5 foiz) va Sirdaryo viloyati (0,1 foiz) qayd etilgan.
Şu örinda respublika umumiy YaIMda eng yuqori uluşga ega bölgan hududlar Toşkent şahri (15,3 foiz), Toşkent (10,8 foiz) va Navoiy (8,4 foiz) viloyatlari ekanligi ma'lum qilindi.
Mos ravişda respublika YaIMda past uluşga ega bölgan hududlar sifatida Xorazm (3,6 foiz), Jizzax (3 foiz), Sirdaryo (2,1 foiz) viloyatlari qayd etilgan.
Bundan taşqari, YaIMning 36,3 foizini xizmat körsatiş, 35,5 foizini sanoat va quriliş, 28,2 foizini qişloq xöjaligi taşkil qilgan.
Ma'lumot uçun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida kiçik biznesning YaIMdagi uluşi 53,9 foizni egallagan.
Avvalroq,2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari böyiça respublikaning taşqi savdo aylanmasi 13,1 foizga kamayganligi ma'lum qilingandi.

















