WhatsApp messenjeri yanvar boşidan buyon 30 milliondan ortiq foydalanuvçisini yöqotdi. The Guardian naşrining yozişiça, bu foydalanuvçilarning ilovadan foydalaniş şartlarini yangilaganligini salbiy baholaşgani bilan boğliq.

WhatsApp rahbariyatining yangi siyosati tufayli foydalanuvçilar Signal va Telegram messenjerlariga öta boşladi. Britaniya parlamenti qömitasining baholaşiça, yanvarning dastlabki uç haftasi davomida Signal foydalanuvçilari soni 7,5 millionga köpaygan, Telegram messenjeriga esa 25 million nafarga yaqin foydalanuvçi qöşilgan.

App Annie tahliliy firmasining ma'lumotiga köra, WhatsApp yanvar örtalarida Britaniyada eng köp yuklab olingan ilovalar reytingida sakkizinçi örindan quyiga tuşgan. 6 yanvarda reytingning dastlabki mingtaligiga ham kirmagan Signal esa 9 yanvar kuni mamlakatda eng köp köçirib olingan ilovaga aylangan.

Avvalroq WhatsApp foydalanuvçilarga oid şaxsiy ma'lumotlar Facebook korporatsiyasining boşqa barça dasturlariga ham berilişini ma'lum qilgandi. Kompaniya buni özining Facebook'ga tegişli ekani bilan izohlagan.