Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bosh vaziri ertaga iste'foga chiqadi
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte ertaga, seshanba kuni iste'foga chiqadi. Bu haqda hukumat rahbari axborot xizmatiga tayanib, Euronews yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Konte o‘zi rahbarligidagi koalitsiya parlamentda hukmronlikni boy bergach, iste'foga chiqishga qaror qilgan. Bunga sabab sifatida sobiq bosh vazir Matteo Rensi boshchiligidagi partiya koalitsiyani tark etgani keltirilmoqda. Tomonlar koronavirusga qarshi kurash fondidagi pullarni qanday sarflash bo‘yicha kelisholmay qolgan.
26 yanvar kuni Italiya vaqti bilan 09:00 da hukumat yig‘ilishi boshlanadi va Konte unda vazirlar hamda prezident Serjio Matarellaga iste'foga chiqishini ma'lum qiladi. Italiya OAVsining yozishicha, Kontening iste'fosi faqat rasmiy bayonot bo‘lishi mumkin va u yangi hukumat tuzilishida ustunlikni qo‘lga kiritishni mo‘ljallayotgani istisno qilinmagan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026