Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik talabalar bilan onlayn muloqotda qatnaşdi. Muloqot davomida talabalardan biri Putinga uning Gelenjikda saroyi bor yoki yöqligi haqida savol berdi. Oldinroq muxolif siyosatçi Aleksey Navalniy Putinning Gelenjikda saroyi borligi haqida deyarli ikki soatlik suriştiruv e'lon qilgandi. Siyosatçining kanalidagi bu video e'lon qilinganidan 6 kun ötib hozirgaça 87 million martaga yaqin körilgan.

«Filmni körganim yöq, çunki bunga vaqtim yöq. Biroq yordamçilarim menga olib kirgan videoga köz yugurtirdim. U yerda körsatilgan narsalarning heç biri menga yoki yaqin qarindoşlarimga tegişli emas, tegişli bölmagan ham. Videoda tilga olingan ba'zi odamlarni taniyman, lekin ba'zilarini umuman tanimayman.

Bu ma'lumot 10 yillardan buyon tarqaladi. Agar u rost bölsa, şu vaqt mobaynida qandaydir isbot közga taşlanişi kerak-ku, töğrimi? Şunçaki, hozir bu ma'lumotni e'lon qiliş uçun qulay imkoniyat deb öylaşdi-da, odamlarning boşini qotirişdi. Videoda mening batterflay usulida suzayotganimni ham körsatişibdi. Ha, men şunday suzganman, lekin videodagi umrimda körmagan basseynda emas, 2016 yil Yeniseyda.

Videoda vino işlab çiqariş haqida ham gapirişibdi. Bilasizmi, bu qiziq ğoya. Vinoçilik yaxşi iş va men u bilan şuğullangan bölardim. Lekin tadbirkorlik bilan şuğullaniş menga töğri kelmaydi. Biznes meni heç qaçon qiziqtirmagan. Bu yaxşi iş, maoşi yaxşi, u orqali iqtisodiyotga foyda keltiriş, yangi işçi örinlari yaratiş mumkin, lekin bu iş men uçun emas. Vaholanki, hamkasblarim orasida tadbirkorlik bilan şuğullanganlar bor. Masalan, Tramp taniqli tadbirkor. Yoki bölmasa, Pyotr Poroşenko. U prezidentlik davrida ham ofşor kompaniyalarga pul ötkazib, tadbirkorlik qilişda davom etgandi. Yana takrorlayman, men bu iş bilan heç qaçon şuğullanmaganman», deb yakunlagan Putin berilgan savolga javobini.

Aleksey Navalniyning kanalida 19 yanvar kuni e'lon qilingan suriştiruvda aytilişiça, Krasnodar ölkasidagi Gelenjik hududida Putin uçun bir neça yildan buyon saroy qurilmoqda va u uçun allaqaçon 1 milliard dollar sarflangan. Navalniy suriştiruv e'lon qilinişidan bir kun avval Rossiyaga