Trampning Qarşi-Xonobod harbiy bazasida xizmat ötagan AQŞ faxriylari böyiça farmoni nimani anglatadi?
|03:20 / 26.01.202194 99114 min
2001-2005 yillarda Afğoniston aksilterror kampaniyasida iştirok etiş uçun Özbekiston havo, suvi va yeridan toblangan 15 ming 777 nafar amerikalik harbiy xizmatçining 75 foizi, ya'ni 11 ming 832 nafari saraton va boşqa kasalliklarni orttirgan. Tabiatan toblangan Özbekistonning mahalliy aholisiçi?
Foto: Johnny LeeFoto: Johnny Lee
AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp lavozimidan ketişidan bir kun avval, 2021 yil 19 yanvarda Özbekistonga aloqador bir hujjatga imzo çekdi. Ijro uçun şart hisoblanuvçi prezident vakolatlari doirasida qabul qilingan, hozirda arxivga tuşgan, Tramp davri ma'lumotlari vebsahifasidagi farmon töliq şaklda «Özbekistonda xizmatni ötagan faxriylarga vasiylik qiliş töğrisida» deb nomlanadi.
Unda D.Tramp Qöşma Ştatlarda bu masala böyiça şuğullanuvçi, mas'ul va alohida idoralar – Faxriylar masalalari vazirligi va Mudofaa vazirligiga Özbekistonning Qarşi-Xonobod aerodromida maxsus harbiy xizmatni ötagan öz askarlarini jangovar amaliyotlar öçoğida iştirok etib qaytgan uruş faxriylari maqomiga tenglaştiriş AQŞ yuridik hujjatlari va qonunçiligi böyiça naqadar muvofiq ekanligini körib çiqiş vazifasi yuklatilgan.
Şuningdek, unda buyruq qabul qilingan kundan boşlab 365 kun mobaynida AQŞ Mudofaa vazirligiga Amerika Qurolli kuçlari a'zolari joylaştirilgan Özbekistondagi baza atrof-muhiti tufayli safarbar etilganlarning toksik ta'sirlanişlariga doir masalalar böyiça sinçkovlik bilan suriştiruv ötkaziş, tadqiqot xulosa va natijalari umumlaştirilgan hisobotni esa Faxriylar masalalari vazirligi orqali prezidentga taqdim etiş topşiriği qöyilgan.
Qarşi-Xonobod harbiy bazasi
Örganiş böyiça hisobot öz içiga quyidagi ikki asosiy jihatni qamrab olişi lozimligi belgilangan:
1) 2001 yil 1 oktyabrdan to 2005 yilning 31 dekabriga qadar bölgan davrda aviabazadagi şaroitga batafsil baho beriş, şu jumladan, uşbu davrda havo bazasini ifloslantirgan har qanday toksik moddalarni aniqlaş, toksik moddalarning aniq joylari va ta'sir qilişning yaqin, örta, uzoq muddatlari, toksik moddalarga duçor bölgan harbiy xizmatçilar va ularning holatlarini örganiş.
2) Zikr etilgan davrda soğliq uçun zarar asoratlarini epidemiologik nuqtai nazardan puxta örganiş, orttiriş taxmin qilinuvçi xastaliklar taşxisiga aynan harbiy xizmat va uning muhiti sabab bölgan yoxud bölmaganini ilmiy asoslangan holda aniqlaş maqsad qilib körsatilgan.
Mavzuga oid
Ma'lumot uçun, amerikaliklar K-2 («key-tu») deb atovçi Qarşi-Xonobod harbiy infratuzilmasi 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Afğonistonda aksilterror harakatlarini amalga oşiriş uçun Vaşington boşçiligidagi xalqaro koalitsiya kuçlariga operatsiya ötkaziladigan muddatga berilgandi.
Hatto prezident kiçik Jorj Buş global «Mahv etilmas ozodlik» harbiy operatsiyasini boşlaşidan ikki kun avval 2001 yil 5 oktyabrda muhim kelişuvlarga erişiş hamda özbek tomonining hal qiluvçi roziligini oliş maqsadida AQŞ Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld şoşilinç ravişda Özbekistonga taşrif buyurib, Islom Karimov bilan uçraşadi.
Yaqin-yaqinlargaça özbekistonliklar uçun ham noma'lum bölgan uşbu aerodrom 1954 yilda işga tuşirilib, undan Koreya uruşi (1950-1954)dan keyin va sovet-afğon (1979-1989) harbiy amaliyotlari davomida faol foydalanilgan.
Xöş, siyosiy qaraş va fuqarolik mavqelari böyiça parçalangan mamlakatni ortida qoldirar ekan, Donald Tramp K-2 faxriylari ustidan ğamxörlik qilişga qanday fursat topdi? Bu masala aslida ançadan beri pişib yetilayotgan edi.
Bunga avvalambor, 2019 yil dekabrda Vaşingtonda çop etiluvçi ta'sirli McClatchy naşrida çop etilgan Özbekiston yer, suv va havosidan toblanib, zamon zayli bilan xizmatini ötaşga töğri kelgan kamida 61 erkak va ayol amerikalik harbiy xizmatçining sirli ravişda saraton kasaliga mubtalo bölgani yoki vafot etgani haqidagi suriştiruv turtki böladi.
Foto: Tony Harris
Maqolada uşbu missiya maxfiy bölgani bois maxsus xizmat safidagilar bu statistikaga kiritilmay qolib ketgani, aslida vaziyat ança mudhiş bölişi mumkinligiga işora qilinadi. Şuningdek, unda keltirilişiça, Afğonistondagi operatsiyalarni keçiktirib bölmasligi bois, uxlaş, ovqatlaniş, yuviniş va işlaş uçun çodirlar şaklida barpo qilingan harbiy lager zaharlangan xavfli zamin ustiga qurilgan.
Pentagon tomonidan xavfli zona sifatida tavsiflangan joy yon-atrofida 1993 yilda portlaş sodir bölgan aslaha saqlaş omborxonasi, 1-3 metr qazisa ham qora şilimşiq aviayonilği çiquvçi taşlandiq xandaqlar, abgor holatdagi havo uçoqlariga texnik xizmat körsatiş ustaxonasi hamda kimyoviy çiqindilardan yaşil tusni olib tovlanib qölansa hid taraluvçi kölmak hovuz ham mavjud bölgan. Oxirgi obekt 1987 yildagi AQŞ razvedka kartografik suratlarida tasmalangan bölgan. Şuningdek, sovet aslaha zaryadlarini yakson qiliş natijasida asbest va faolligi past darajadagi radioaktiv uran bilan boyitilgan hajmi katta bölmagan zararlangan yer sathi bölgan.
Joy muayyan vaqt kengaytirilib, xavfli, deb hisoblangan yer va buğ çiquvçi sathlarga yangi tuproq va şağallar yotqizilgan, joyni epaqaga keltirib tozalaş uçun 8 oy vaqt ketgan. Ammo askarlar döngalaklar içida özlarini akvariumning içida yotgandek his etişgan. Mavsumga qarab çang-tözonli garmsel, yomğir yoqqanida harbiy şaharçani suv bosgan, nurlaniş yer ostida bölgan.
Foto: Tony Harris
K-2 faxriylarni taajjubga solayotgan narsa Qarşi-Xonobod radiatsiyadan nurlangan hudud ekanligi haqida Pentagon 2001 yilning oktyabridayoq xabardor bölgan. Öşanda şaharçani AQŞ kuçlari kelişi uçun tayyorlaşda iştirok etgan özbek işçilari ham birin-ketin kasal bölib qolişgandan söng, AQŞ Markaziy qömondonligi bazadagi xavf-xatarlarga tegişli baho beriş uçun öz tekşiruvini ötkazib, «aerodrom joylaşgan zaminning ifloslanişi u yerga joylaştirilgan AQŞ kuçlari soğliği uçun xavf tuğdiradi», deb qayd etgan.
Boşqa bir hujjatda «bu joyni axlatxona, deb ataş çiqindixonalarga nisbatan haqoratomuz kalom bölib hisoblangan bölar edi», deyilgan kinoya bilan. Bundan taşqari Amerikaning aqçasiga içidan zil ketgan şöro davri bazasining taşlandiq angarida in qurib olgan minglab zaharli ilonlarni tozalaşdan boşlanib, söngra u gavjum harbiy-gumanitar nuqtaga aylantirilgan.
Ammo, şu bilan birga 2002 yilda K-2ga safarbar etilib, 2009 yilda buyrak saratoniga çalingan zaxiradagi kapitan Ken Riçardsning sözlariga köra, 11 sentyabr voqealariga zudlik bilan javob beriş uçun öşa kezlari AQŞ ixtiyorida boşqa kam yaxşi imkoniyatlar mavjud bölgan. Özbek tomoni taqdim etgan yaxşi sabablardan biri xavfsizlik böyiça heç qaçon muammo bölmagan.
Şuningdek, McClatchy suriştiruvida saratonga çalinib, davolaniş uçun tegişli hujjatlarini taxlay olmay joni halak bölgan marhum katta serjant Jyeffri Skinner taqdiri haqida töxtaladi. U davolaniş uçun Faxriylar masalalari vazirligining tibbiy yordam imtiyozlarini oliş va ularning xizmati zararli bölganiga işontiriş uçun Mudofaa vazirligidan arxiv hujjatlarini söragan böladi. Ammo uning murojaatlari javobsiz va yeçimsiz qolib 2017 yilda olamdan ötadi.
Birin-ketin saflari torayayotgan faxriylar doim aloqada bölib turiş va ma'lumotlarni tizimlaştiriş maqsadida Feysbukda özlarining «K-2 Qarşi-Xonobod Özbekiston radiatsiya va toksik nurlanişlar» nomli yopiq guruhini oçişadi. Hozirda unga 4,7 ming kişi a'zo. Faollar öz harbiy qismlarining nomi bilan ataluvçi «Ozodlik qal'asi» jamğarmasini işga tuşirişadi. Unga köra bazada har doim 1300 nafardan kam bölmagan harbiy xizmatçilar bölgan, 2001-2005 yy. mobaynida esa rotatsiya böyiça 10,100 dan 15,777 gaça AQŞ qöşinlari kelib ketgan.
Keyinçalik AQŞ Kongressida guvoh sifatida sözga çiqqan, saratonga çalinib, uşbu Feysbuk guruhini yuritayotgan Pol Vaydner McClatchy’ga bergan intervyusida Feysbuk guruhiga a'zo bölişni istamagan harbiylar ham borligini aytgan. Uning sözlariga köra, «u dafn marosimlariga bormay qöygan, çunki ularning miqdori haddan ziyod oşib ketgan».
Bu xabarlarni öqib va ikki vazirlikning sovuqqonligidan soçi tikka bölgan AQŞ Kongressining Nazorat va islohot qömitasi raisasi Kerolin Meloni va Milliy xavfsizlik ostqömitasi raisi Stiven Linç 2020 yil yanvarda öz suriştiruvlarini boşlab, Faxriylar va Mudofaa vazirliklariga mavzuga daxldor barça maxfiy va nomaxfiy hujjatlarni 10 kun içida taqdim etişlarini sörab sörovnoma jönatadi. Lekin heç qaysi idora bu vaqtning içida ma'lumotlarni taqdim etmaydi.
Kongressmenlar 2020 yil 27 fevralda Xonobodda xizmat qilib qaytgan, saratonga çalinib, hozirda tegişli tibbiy yordam ololmay sarson bölayotgan harbiylar iştirokidagi eşituvni taşkil etadi. Unda sözga çiqqan katta serjant Pol Vaydner, Özbekisonda 2001-2005 yillar mobaynida 5 marotaba jami 22 oy bölganini, saratonga çalinganlar 61 emas, unda 2019 yil dekabr holatiga köra 400 nafar harbiy xizmatçining röyxati borligini, harbiy rahbariyat toksik moddalarning mavjudligini bila turib, tegişli himoya vositalari na tavsiya etilib, na berilganini ma'lum qiladi.
Qonun çiqaruvçilar mart oyida faxriylarning ahvoli oğirligini eslatib, javobni tezlaştiriş böyiça ikkala vazirlikka yana xat jönatişadi. Aprel oyida Faxriylar vazirligi vebsaytida K-2 töğrisida ma'lumot sahifasini oçgani, masalani örganib çiqayotganini ma'lum qiladi. Hozirça yagona ilmiy asoslangan manba 2015 yilda AQŞ Qurolli kuçlari tibbiy jurnalida çop etilgan maqolada K-2da xizmat qilganlar Janubiy Koreyada xizmat qilganlardan köra 5.6 gaça köp marotaba turli onkologik kasalliklarga moyildirlar. Jadvalda (72 b.) keltirilgan 20 ga yaqin onkologik xastaliklar Vetnam uruşida qöllanilgan «Oranj» reagenti qurbonlari orttirgan leykoz, limfogranulematoz va h.k. kasalliklarga öxşaş dardga duçor bölişgan.
Mudofaa vazirligining köp varaqli 10 dan ortiq yopiq hujjatlari faqat 2020 y. yozga kelib jamoatçilikka birinçi bor e'lon qilinadi. Unda haqiqatda harbiy xizmatçilar radiatsiya va toksik zaharlanişga moyil muhitga röbaro‘ kelganlari ilk bor tan olinadi.
Kongress 2020 yil 18 noyabrda endi ikki vazirlik mutasaddilari iştirokidagi ikkinçi eşituvini uyuştiradi. Bu uçraşuvda Mudofaa vazirligi vakili harbiy xizmatçilarning soni sönggi hisob-kitoblarga köra 15,777 nafar bölganini tasdiqlaydi. Öşa haftada Özbekiston delegatsiyasi AQŞda bölib turgan kunlari edi.
K-2 iqlimi noqulay bölgan hududlar reyestriga kiritilmagani bois yuzlab, balki minglab harbiy xizmatçilar öz vaqtida tegişli tibbiy xizmatdan bahramand böla olmay aziyat çekkanlar. Mazkur masala Qöşma Ştatlardagi vaqti-vaqti bilan hukmron böluvçi ham respublikaçilar, ham demokratlar muştarak fikrga kela olgan noyob hujjatlardan biridir. Bu fikrni qöllab-quvvatlab 20 dan ortiq faxriy harbiy taşkilotlarni birlaştiruvçi Amerika harbiylari orasida toksik ta'sir (TEAM) konsorsiumi ham kongressmen va senatorlarga qöşma maktubini jönatadi.
Dekabrga kelib va nihoyat budjet sarf-xarajatlari qat'iy nazorat qilinuvçi 2021 yilgi AQŞ Milliy mudofaa budjeti bandlariga aynan prezident Tramp farmoni matnida keltirilgan puxta tadqiqot ötkaziş masalasi kiritilib, unga faqat bitta qöşimça jumla Özbekiston Afğoniston va Iroq bilan bir qatorda turuvçi oçiq havoda çiqindilarni yoqişdan zararlaniş davlatlari reyestriga qöşilgan.
Umuman olganda, Rend «aql markaz»ida çop etilgan tahliliy maqolaga köra, albatta Qarşi-Xonobod Qöşma Ştatlarning birinçi tanlovi bölmagan. Ammo Özbekiston özining heç qaysi fuqaro aviatsiyasi bandargohida harbiylar hozir bölişiga yöl qöymasligini juda istagan. 2005 y. Özbekiston tomoni AQŞning Toşkentdagi Elçixonasiga diplomatik nota yuboriş orqali Xonoboddagi amerikaliklarga 180 kun davomida mamlakat hududini lutfan tark etişlarini söraydi. Öşanda Germaniya ham Termizdagi harbiy imkoniyatlardan foydalanib turgan vaqtlar edi, ammo negadir nemis tarafiga bunday talab qöyilmaydi. Bunga asosiy sabab Andijon voqealaridan söng Qirğizistonga qoçib ötgan 450 nafar özbekistonlikni AQŞ tomoni maxsus reys bilan Ruminiyaga uçirtirib yuborgani böladi. Vaşington ham obektdan foydalangani uçun tölaşi rejalaştirilgan ijara haqni tölaşni töxtatib qöyadi.
Parçalangandan keyin ham hududi böyiça dunyoda birinçi örinda turuvçi va ekologik masalalar kun tartibida umuman bölmagan sovet hukumatining yaroqsiz qurol-aslahalarni yerga kömiş an'anasi ilk bora uçramayapti. Ikkinçi jahon uruşida panaroq joyga – Qozoğiston va Özbekistonning endi Orolqumga aylanib bölgan Orol dengizidagi «Vozrojdeniye» oroliga harbiy biokimyoviy poligon köçirtirib olib kelingan. 1992 yilda taşlandiq qoldiqlar kömilib, hozirda u dunyodagi eng katta kuydirgi qabristoni hisoblanadi.
1995 yilda Rossiya Özbekiston tomoniga bu orolda qanday kimyoviy va biologik qurollar sinalgani va kömilganligi töğrisidagi axborotni berişdan boş tortganidan söng, Toşkent AQŞ bilan hamkorlikda uşbu xavfli joyni zararsizlantiriş böyiça bitimga imzo çekadi. Fazogirlar kabi maxsus kiyimlarni kiyib tadqiqot olib borgan amerikalik biolog mutaxassislarga köra, «virus hali ham yaşovçan va uni butunlay zararsizlantiriş nihoyatda qimmatga tuşadi». Matbuotda maşhur bölgan «Noviçok» reagenti ustidagi eksperimentlar ham 1980-yillarda qisman Nukusdagi laboratoriyada amalga oşirilganiga oid xabarlar matbuotda uçrab turadi.
Zabixulla Saipov
siyosiy fanlar nomzodi, mustaqil tadqiqotçi