2021 yilning 21 yanvar kuni soat 11:30da Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tadbir davomida 36 yoşli D.K.ning Yuqori Çirçiq tumani T.G.Xvan mahallasida joylaşgan yaşaş xonadoni közdan keçirilgan vaqtda 1 dona 100 litr va 1 dona 60 litr hajmdagi yelim idişlarda yaşil rangli, ötkir hidli, körinişidan “naşa” giyohvandlik moddasi ösimligiga öxşaş bölgan quritilgan holdagi ösimlik tuplari borligi hamda şu yerdagi öçoqda osilgan qozonda “naşa” giyohvandlik moddasiga öxşaş bölgan ösimlik qovurilgan holatda saqlab kelinayotgani aniqlanib, xolislar iştirokida aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertizasi xulosasida D.K.ning uyidan olingan modda tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bölgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi va umumiy oğirligi 13 899 grammni taşkil qilişi hamda qozondan olingan yoğda qovurilgan “marixuana” giyohvandlik vositasining oğirligi 270,14 gramm ekanligi körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqori Çirçiq tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan  D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (köp miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotişga suiqasd qiliş) bilan ayblov e'lon qilingan hamda “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.