Yaqin muddatda Qozoğiston tomonidan Turkiston-Çimkent-Toşkent tezyurar temir yöli qurilişi boşlanadi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri Asqar Mamin hukumatning kengaytirilgan yiğilişida ma'lum qildi.

«Uşbu loyiha turizm sohasida yangi 22 ming iş örnini yaratib, sayyohlar oqimini 50 foizga köpaytirişga yordam beradi. Şuningdek, iqtisodiyotning turdoş sohalarida 100 ming iş örni yaratiladi», – dedi mamlakat boş vaziri.

Maminning sözlariga köra, ayni paytda Qozoğistonda içki turizm salohiyati 4,5 million sayyohni jalb etgan. Turizmning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 5,2 foizni taşkil etgan.

Avvalroq, Turkiston-Çimkent-Toşkent tezyurar temir yöli qurilişini Özbekiston boş vazirining örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Qozoğiston boş vazirining örinbosari Roman Sklyar muhokama qilgan edi.

Uçraşuvda Özbekiston va Qozoğiston yirik şaharlari örtasida xalqaro avtobus qatnovlarini yölga qöyiş, Turkiston – Çimkent – Toşkent tezyurar temir yöli hamda «Uçquduq – Qizilörda» transport yölagi qurilişi haqida söz yuritilgandi.