Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklari şifoxonasi boş şifokori – Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva avgust oyida Kun.uz saytiga intervyu berib, pandemiya şaroitida u boşçilik qilgan kasalxonaga kerakli tibbiy uskunalar ajratilmayotgani va rahbarligi ostida koronavirusga çalingan bemorlarni özi va oilasi hayotini xavf ostiga qöyib davolagan tibbiyot xodimlarining mehnati munosib rağbatlantirilmayotgani, oğir vaziyatlarda Toşkent viloyati tibbiyot boşqarmasi tomonidan kerakli yordam berilmaganini aytgan edi.
8 sentabr kuni Guljahon Yöldoşeva hibsga olingani haqida xabar tarqaldi. Boş prokuratura bu holatga munosabat bildirib, G.Yöldoşeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) hamda 207-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam ölimiga sabab böladigan mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb etilgani va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olinganini ma'lum qildi.
Yöldoşeva hibsga olingani şov-şuv bölayotgan bir paytda Çirçiq şahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov OAV orqali çiqiş qilib, hali aybi töla isbotlanmagan şifokor aybdorligi haqidagi qat'iy fikrlarini ilgari surdi.
Yöldoşevaning advokati olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlarida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilinmayotganiga ham e'tibor qaratgan, himoyasi ostidagi şaxsga hali sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi çiqmay turib OAV orqali u aybdorga çiqarib qöyilganini ma'lum qilgandi.
Bundan taşqari, Xabar.uz naşri ham şov-şuvlarga sabab bölayotgan uşbu masalaga e'tibor qaratib, taniqli advokat Usmonxon Salohiddinovning bu boradagi fikrlarini ommaga havola qilgandi







