Koronavirusga çalingan bemor ölimi va 250 mln söm budjet mablağlarini talon-toroj qilganlikda ayblanib qamoqqa olingan Toşkent viloyati boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva qamoqdan ozod etildi. Unga nisbatan qöllanilgan qamoq ehtiyot çorasi sud ajrimi bilan uy qamoğiga almaştirildi.
Avvalroq Çirçiq şahar prokurori Baxtiyor Ibrohimov Kun.uz'ga Yöldoşevaga qöllanilgan ehtiyot çorasi Özbekiston boş prokurorining taşabbusi bilan uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasiga almaştirilayotganini aytgandi.
Toşkent viloyati boş infeksionisti işi: uni qamoqqa oliş kimga kerak bölib qoldi?
6 oktabr kuni jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudi binosida ötkazilgan sud majlisi yopiq tarzda bölib ötdi. Unga ayblanuvçining yaqinlari ham, OAV vakillari ham kiritilmadi.
Yöldoşevaning yaqinlariga köra sud ajrimida unga tergov yakuniga qadar OAVga intervyu berişi mumkin emasligi körsatib ötilgan. Sud majlisidan söng Guljahon Yöldoşevadan intervyu olişning imkoni bölmadi. U majlisdan çiqiboq içki işlar xodimlari kuzatuvida uyiga olib ketildi.
Toşkent viloyati boş infeksionisti Kun.uz'ga nimalarni aytib bergan edi?
Eslatib ötamiz, Guljahon Yöldoşevaga nisbatan jinoyat işi şu yil 11 avgustda Çirçiq şahar prokuraturasi tomonidan qözğatilgan. 8 sentyabrga kelib, ehtiyot çorasi sifatida ayblanuvçi qamoqqa olingan edi. Uning qamoqqa olinişi jamoatçilik örtasida keng muhokamalarga sabab böldi. Bir qator davlat va nodavlat taşkilotlarning rahbarlari mazkur hodisaga munosabat bildirib, prokuraturani şifokorga nisbatan qöllanilgan ehtiyot çorasi özgartirişga çaqirgandi.







