Vaşington universiteti olimlari SARS-CoV-2 virusidan iborat oqsillarni hamda unga qarşi antitanalarni aniqlaş usulini ixtiro qilişdi.

 Ular virus komponentlari yoki maxsus antitanalar bilan aralaşganida yoruğlik taratadigan oqsillar asosida biosensor işlab çiqişdi.

 Hozirda koronavirus infeksiyasini aniqlaş uçun PZR usulidan foydalaniladi.

Vaşington universiteti tibbiyot maktabi huzuridagi oqsillar dizayni instituti direktori va biokimyo professori Devid Beyker boşçiligidagi tadqiqotçilar guruhi virus yoki antitana yuzasidagi ma'lum molekulalarni tanib, ular bilan boğlanadigan, söngra biokimyoviy reaksiya natijasida yoruğlik taratadigan oqsil konstruksiyasini işlab çiqdi.

Olimlarning aniqlaşlariça, bu sensorlar qondagi boşqa antitanalarga nisbatan javob reaksiyasi körsatmaydi.

"Yangi sensorlar burun suyuqligi yoki donor qonidagi virusli oqsillar yoki antitanalarni oson aniqlaşini laboratoriya şaroitida körsatib berdik. Endi ulardan diagnostik maqsadlarda foydalanişni ta'minlamoqçimiz", - dedi Beyker.