Biznes xarajatlarni qanday qilib aql bilan, foydani yöqotmasdan va oğriqlarsiz qirqiş mumkin? «Islom moliyasi» kanali muallifi, moliyaviy ekspert Xondamir Nusratxöjayev şu masalada tavsiyalar beradi.

Foto: Shutterstock

Ayni paytda biznes mamlakat va uning taşqarisida pandemiyaning iqtisodiy vaziyatga ta’siri oqibatida likvidlik, talab va taklif kamayişi muammolari va boşqa noaniqliklarga duçor bölib turibdi.

Bu – ayniqsa kiçik va örta biznesga oğriqli oqibatlarni keltirib çiqarmoqda. Tadbirkorlar bunday vaziyatlarda öz xarajatlarini optimallaştiriş va qisqartirişga e’tibor bermasdan, sotuvni köpaytiriş yöllarini axtarişadi. Bunda ular ba’zi holatlarni nazardan qoçirişadi – ayrim xarajatlarni qirqişdan köra, sotuvni köpaytiriş qiyinroq, sotuvlarning köpayişi hamma vaqt ham sof foyda oşişiga xizmat qilmaydi.

Xarajatlarni oqilona qisqartiriş rentabellik oşişi va biznesning umumiy samaradorligi köpayişiga olib kelişi mumkin. Ammo buni qanday qilib aqlli, foydali va oğriqlarsiz amalga oşiriş mumkin? Bugun şular haqida gaplaşamiz.

Juda köplab kompaniyalarda va firmalarda hamon rentabellilik va likvidlilik bilan boğliq muammolar saqlanib turibdi. Lekin ularning birortasi xarajatlarni qisqartiriş va optimallaştiriş kompleks dasturiga ega emas. Köpçilik bir martalik usullardan foydalanib körmoqda, bu esa barqaror natijaga olib kelmaydi.

Xarajatlarni qisqartiriş imkoniyatlari har qanday kompaniyada böladi. Ularni aniqlaş uçun sarf-xarajatlarni qisqartiriş dasturini işlab çiqiş kerak. Buning uçun kompaniyaning barça xarajatlarining kompleks tahlili ötkazilmoği kerak.

Şuni unutmaslik kerakki, har bir sömni iqtisod qilişga tirişib, mahsulot/xizmatning sifati pasayişiga yöl qöyiş yaramaydi. Bu – tuşum kamayişi yoki biznesning yöqotilişiga olib kelişi mumkin.

Xarajatlarni qisqartiriş uçun ularni quyidagi toifalarga bölib olamiz:

  • Mahsulot tannarxini şakllantiruvçi xarajatlar (xomaşyo, materiallar va maoş). Bularni iqtisod qilişda jonbozlik körsatmaslik kerak, çunki xomaşyo va maoşni qisqartiriş bilan köp narsa iqtisod qilib bölmaydi.