Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv tejaydigan texnologiyadan foydalanuvchining xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilishi mumkin
Bu haqda hukumatning tegishli qaror loyihasi ishlab chiqildi va muhokamaga qo‘yildi. Hujjatda taqdim etiladigan subsidiyalar qaysi yo‘nalishlarda amal qilishi aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qaror bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi belgilanmoqda.
Xususan:
- Suv xo‘jaligi vazirligi paxta yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni belgilangan muddatlarda talabgorlarning hisob raqamlariga o‘tkazib berishi;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar uchun joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyalarni belgilangan muddatlarda talabgorlarning hisob raqamlariga o‘tkazib berishi;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni o‘z vaqtida talabgorlar hisob raqamlariga o‘tkazib berishi ko‘zda tutilmoqda
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tumanlar va hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish hamda ularning ijrosini tashkil etishga mas'ulligi tasdiqlanyapti.
Shu bilan birga, mazkur tizimni rivojlantirish bo‘yicha hukumat nizomi ishlab chiqildi.
Nizomga ko‘ra, suvni tejaydigan texnologiya joriy etilgan maydonlar (har bir kontur) uchun subsidiya O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan faqat bir marotaba, joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalar kamida besh yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi.
Ushbu nizom talablari:
- paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar uchun 2021 yil 1 yanvardan boshlab suvni tejaydigan texnologiyalari joriy etilgan maydonlarga;
- mevali ekinlar va uzum uchun 2019 yilda va undan keyingi yillarda tashkil etilgan yangi intensiv bog‘ va tokzorlarda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgan maydonlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatda talabgorlar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 2021 yilda 1 martga qadar, kelgusi yildan boshlab har kalendar yilining 1 noyabriga qadar tuman (shahar) ishchi komissiyasiga yozma shaklda ariza, faoliyat amalga oshiriladigan joyi, xizmat ko‘rsatuvchi bank bo‘linmasi nomi va bank hisobvarag‘i, yer maydoni, ball boniteti, ekin turi, suv olish manbai, joriy qilinadigan sug‘orish texnologiyasi turi, bog‘lanish uchun ma'lumotlar bilan murojaat qilishi belgilanmoqda.
2020 yili ushbu masalaga oid prezident qarori qabul qilingan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini hamda yerni lazerli uskuna yordamida tekislangan holda diskretli sug‘orish usulini joriy qilish sur'ati besh barobarga oshirilishi ma'lum qilingandi.
O‘tgan yili O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) prezidenti J.Ungbo «Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasining 2-bosqichi doirasida 47 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bitimni videokonferensaloqa shaklida imzolagandi. Ushbu mablag‘ning bir qismi suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida sug‘orish tizimlari va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga sarflanadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025