2020 yilda 136 nafar mansabdor şaxs noqonuniy daraxt kesgani uçun jarimaga tortilgan. Bu haqda 30 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan brifingda Ekologiya qömitasi axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, 2020 yil davomida ötkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga köra, daraxt va butalarning noqonuniy kesilişi bilan boğliq jami 3 960ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Noqonuniy daraxt kesganlarning 136 nafari mansabdor şaxslar bölib, huquqbuzarlarga jami 4,5 mlrd söm jarima solingan, ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori esa 15,3 mlrd sömni taşkil etgan.
Ma'lum qilinişiça, 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt, şundan 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob hamda qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravişda kesilgan.
18ta holat böyiça qonunbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan.
















