BMT boş kotibi Antoniu Guterriş koronavirusga qarşi Moderna kompaniyasi vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.
“Eslaşimça, u Moderna vaksinasini oldi”, deb aytgan Dyujarrik brifing vaqtida.
Guterriş 28 yanvarda belgilangan ikki doza vaksinadan birinçisini olganini ma'lum qilgan. Bundan avvalroq BMT boş kotibi jurnalistlar bilan suhbatda umumiy navbat böyiça emlanayotganini, yoşi 71daligi sababli Nyu-York ştati emlaş jadvalida ustuvorlikka ega bölgan 65 yoşdan kattalar guruhiga kirişini ma'lum qilgan. Biroq BMT rahbari aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagandi.
“Bugun men koronavirusga qarşi vaksinaning birinçi dozasini oliş baxtiga muyassar böldim. Biz vaksina hamma uçun va hamma yerda bölişini ta'minlaş böyiça işga kirişişimiz lozim. Pandemiya vaqtida barçamiz xavfsizlikda bölmagunimizgaça, heç qaysi birimiz xavfsizlikda bölmaymiz”, deb yozgan Guterriş tvitterda.
Guterriş vaksina 2021 yilda ommaviy qöllaş uçun hamma yerda yetarli bölsa, 2022 yilda pandemiya bilan boğliq vaziyatni önglaş mumkinligini aytgan. Şu bilan birga, u emlaş bilan hayallaş koronavirusni oğirroq asoratlarga ega bölgan, mavsumiy grippga öxşaş kasallikka aylantirişi mumkinligini aytgan.













