Jamğarmalar prezidentning PQ-4870-son qaroriga muvofiq yuridik şaxs taşkil etmagan holda tuzilmoqda.
Jamğarmalar mablağlari:
a) quyidagilar hisobiga şakllantiriladi:
- körsatiladigan pulli xizmatlar hisobidan tuşadigan mablağlar;
- yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
b) quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- 75 foizdan kam bölmagan miqdorda – ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiruvçi tarkibiy bölinmalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş;
- 25 foizdan köp bölmagan miqdorda – alohida örnak körsatgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oşiruvçi harbiy xizmatçilar va Qurolli Kuçlar xizmatçilarini moddiy rağbatlantiriş.












