Baxtiyor Sultonoviç Rahmonov 1959 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. 1981 yilda Kiyev muhandis-quriliş institutini tamomlagan.
Baxtiyor Rahmonov turli yillarda Toşkent şahar hokimining kapital quriliş masalasi böyiça birinçi örinbosari, Mirobod va Sergeli tumanlarida hokim lavozimlarida işlagan. U 2018 yil mayidan buyon Olmazor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Kun.uz manbasi xabar qilişiça, 2018 yildan buyon Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Davron Hidoyatov ham boşqa lavozimga tayinlanadi.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoşlar bandligi masalasida ötkazilgan videoselektor yiğilişida şu hafta bitta viloyat hokimi va bitta vazir işdan olinişini ma'lum qilgandi.
29 yanvar kuni jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.











