SSV matbuot xizmati xabar berişiça, yangi ştamm 2021 yilning 23 yanvar kuni BAAdan Toşkentga oila a'zolari bilan qaytgan 10 yoşli qizda aniqlangan. 

Örnatilgan tartibga köra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd etilgan. Şundan söng bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar şifoxonasiga tez yordam maşinasida olib kelingan. Şifoxonada öşa kunning özida funksional-klinik tekşiruvlardan ötkazilgan va unga kasallikning simptomsiz keçişi taşxisi qöyilgan. 

«SARS-CoV-2 virusi genomini örganiş uçun Innovatsion rivojlantiriş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markaziga yuqumli kasalliklar şifoxonasidan PZR usulida olingan 33ta musbat natijali tomoq-burun namunasi «britança ştamm»ni aniqlaş maqsadida yuborilgandi. Uşbu namunalar PZR skriningi orqali birinçi bosqiç tekşiruvidan ötkazilgan. Natijada, ular orasida mutatsiyaga uçragan namunalar ham aniqlangan. Kuni keça ikkinçi test bosqiçida mutatsiya aniqlangan namunalardan birining genom qismlarida «britança  ştamm»ga xos bölgan qöşimça mutatsiya mavjudligi tasdiqlangan. Bu namuna esa 10 yoşli bemor Ş. (qiz bola)ga tegişli ekani ma'lum bölgan», degan vazir örinbosari. 

Hozirda bemorning umumiy holati qoniqarli, şikoyatlari yöq, tegişli tibbiy standartlar böyiça davo muolajalarini olmoqda. Bemor bilan birga bölgan oila a'zolarida manfiy natija aniqlangani sababli uy şaroitida izolyatsiyaga ruxsat berilgan. 

«Soğliqni saqlaş vazirligi ana şu vaziyatdan kelib çiqib, yana bir bor aholini huşyorlikka, jamoat hamda iş joylarida tibbiy niqobni töğri va doimiy tarzda taqib yurişga, ijtimoiy masofani saqlaş, qöllarni muntazam yuvib turiş kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka çaqirib qoladi.

Yurtdoşlarimizdan zarurat bölmaganda çet el safarlariga vaqtinça çiqmay turişlarini söraymiz. Aziz  yurtdoşlar! Özingiz va yaqinlaringizni asrang! Salomatligingiz öz qölingizda!» deyiladi vazirlik xabarida.

2020 yilning dekabr oyi örtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlangandi. Köpgina mamlakatlar, şu jumladan, Rossiya Buyuk Britaniyaga parvozlarni vaqtinça töxtatgandi. Köp ötmay Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemiologik barqarorlikni ta'minlaş maqsadida, xususan, boşqa mamlakatlardan virusning yangi ştammlari kirib kelişining oldini oliş borasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali mamlakatga kiriş)ni töxtatiş kabi çoralar körilgan edi. Bu çoralar 1 martga qadar uzaytirilgan.