Özbekistonda koronavirusning britança ştammi qayd etilgani haqida 30 yanvar kuni xabar qilingandi. Yangi ştamm 23 yanvarda oila a'zolari bilan BAAdan Toşkentga qaytgan 10 yoşli qizda aniqlangandi.
Kun.uz muxbiri bemorning bugungi kundagi holati haqida ma'lumot oliş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandi.
«Koronavirusning britança ştammi bizning hududimizda ilk bor qayd etilgan 10 yoşli qiz BAAning Dubay şahridan kelgan va joriy yilning 23 yanvarida gospitalizatsiya qilingandi.
Bemor öz vaqtida va belgilangan standartlar böyiça tölaqonli davolandi. Kasallik oğir keçmadi, asoratlar qoldirmadi va hozirgi kunda bemor soğayib, 5 fevralda uyiga javob berilgan. Ya'ni 12 kun davomida davolaş va kuzatuvda bölgan.
Qayta tekşiruvlar natijasida unda virus aniqlanmagan», – dedi Furqat Sanayev.
Eslatib ötamiz, koronavirusning nisbatan xavfliroq ekani aytilayotgan yangi ştammi mamlakatga kirib kelişining oldini oliş uçun bu ştamm keng tarqalgan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan Özbekistonga kiriş va çiqiş taqiqlangan. Ötgan hafta Germaniya bu röyxatdan çiqarildi.
«Britança ştamm aeroportdayoq jilovlangani – yutuğimiz», – degandi Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Nurmat Otabekov brifinglardan birida.

















