Hozirgi vaqtda koronavirusning yangi varianti bilan Janubiy Afrikaning Gauteng provinsiyasida 77ta va Botsvanada 4ta kasallaniş holatlari qayd etilgan.
Hongkongdagi holat kasallangan kişining JARdan uçib kelişi bilan boğlanmoqda. Orolda u yana kamida bir kişiga virus yuqtirgan. Belgiyada bir neça kun oldin Misrdan kelgan kişida uşbu ştamm aniqlandi. Isroildagi holatning ehtimoliy sabablari haqida hozirça ma'lum qilinmagan.
Biroq janubiy afrikalik olimlar özlari ötkazgan tadqiqotlar asosida yangi ştamm JARning deyarli barça hududida mavjud ekanini aytişyapti. Yangi ştamm amalda ikki hafta içida «delta»ni siqib çiqargan va endilikda ustun mavqeni egallagan. Tadqiqot natijalari hozirça e'lon qilinmagan.
Buyuk Britaniya Afrikaning olti mamlakati – JAR, Botsvana, Namibiya, Lesoto, Zimbabve va Esvatini bilan aviaqatnovlarni bekor qildi. Isroil boş vaziri Naftali Bennet 25 noyabr kuni Afrikaning köplab mamlakatlariga parvozlar taqiqlanişi haqida ma'lum qildi.
Juma kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti yangi xavfga bağişlangan yiğiliş ötkazadi. Unda «Alfa», «Beta» va «Delta» ştammlariga öxşab, yangi ştammga ham grekça nom qöyilişi kutilmoqda. Hozirda yangi variant vaqtinça B.1.1.529. deb atalyapti.
Olimlarning sözlariga köra, yangi ştamm mutatsiyalari miqdori kişini dahşatga soladi. Koronavirusning oldingi variantlaridan heç biri bunçalik kuçli mutatsiyaga uçramagan.
Hozirda eng muhim savol – bu ştamm qançalik tez tarqalişi borasida.
Yangi ştamm haqida nimalar ma'lum?

Olimlarning sözlariga köra, u avvalgilaridan juda katta farq qiladi.
«Bu variant bizni hayron qoldirdi. U katta evolyutsion rivojlanişni amalga oşirdi va qariyb 50ta mutatsiyadan ötdi», deydi Janubiy Afrika Epidemiologik reaksiya qiliş va innovatsiyalar markazi professori Tulio de Oliveyra jurnalistlarga.

















