Xavfsizlikni qadrlaydiganlar uchun: Volvo avtomobillari endi O‘zbekistonda

Inson xavfsizligini qadriyat darajasiga olib chiqqan Volvo avtomobillari O‘zbekiston bozoriga kirib keldi.
Eksklyuziv avtomobillar importyori Premium Auto O‘zbekistonda birinchi va yagona rasmiy Volvo salonini ochdi. Salonda XC90 va XC60 modellari taqdim etilmoqda. Shuningdek, tez kunlarda assortiment XS40 modeli bilan boyishi kutilmoqda.
Volvo kompaniyasi 1927 yilda Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida ta'sis etilgan bo‘lib, Volvo brendi ostidagi ilk avtomobil ham shu yerda ishlab chiqarilgan.
Volvo ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali yo‘l-transport hodisalarida inson omilini minimumga tushirishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilagan.
«Premium Auto dilerlik kompaniyasi tomonidan ochilgan Volvo saloni 3S konsepsiyasiga ega. Ya'ni u avtomobil sotuvi, servis – xizmat ko‘rsatish va zaruriy butlovchi qismlarni taqdim etadi.
Shuningdek, salon qo‘llab-quvvatlash xizmatiga ega bo‘lib, avtomobil ishida kamchilik aniqlangan holda mijozga barcha kerakli yordam va xizmatlar ko‘rsatiladi.
Volvo avtomobillarining eng asosiy ustunligi bu xavfsizlikdir. Xorijda ham uy bekalari o‘z oilalariga qayg‘urish nuqtayi nazaridan Volvo'ni tanlashadi.
Salonda mavjud modellardan ma'qulini tanlab, to‘lov qilgandan so‘ng darhol mashinani olib ketish mumkin. Bundan tashqari, mijoz o‘z didiga ko‘ra charm, rang, motor va boshqa texnik ko‘rsatkichlarni tanlagan holda avtomobilga maxsus buyurtma berishi imkoniyati ham mavjud. Buning uchun salonda mijozga kerakli barcha ma'lumotlar taqdim etiladi. Taxminan uch oydan so‘ng aynan mijoz istagiga ko‘ra yig‘ilgan mashina yetib keladi», - deydi Premium Auto rahbari Shavkat Nurmatov.
Volvo XC90 City Safety avtomatik tormoz berish funksiyasiga ega. XC60 krossoveri esa Cross Traffic Alert texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bu orqalama harakatlanishda to‘qnashuvlarning oldini oladi. Avtomatik tormoz berish orqali xabar berish tizimi tufayli Shvetsiyaning o‘zida orqalama harakatdagi to‘qnashuvlar 45 foizga kamaydi.
Krossoverlarning taktil aloqasiz ochiluvchi yukxonasi, avtoparkova funksiyasi, 360 darajadagi aylanma kuzatuv tizimi o‘z foydalanuvchisi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.
Premium Auto dilerlik kompaniyasi 2006 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, O‘zbekiston avtomobil bozorida o‘z o‘rni va tajribasiga ega importyor hisoblanadi. Dastlab BMW, 2007 yilda esa Nissan brendining avtomobillarini olib kirish bilan shug‘ullangan. Bugunga kelib kompaniya import qiluvchi avtomobillar assortimenti Volvo bilan kengaymoqda.
Volvo oilangiz uchun premium klassdagi avtomobil. Volvo tanlovi oilangiz xavfsizligi va qulayligi kafolatidir.
Ijtimoiy tarmoqlarda:
Instagram: instagram.com/volvocaruz
Facebook: fb.com/volvocaruz
Rasmiy sayt: scandinavian-auto.uz
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Salarbo‘ĭi 47.
Murojaat uchun: +998 71 286 11 66
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

20:52 / 05.09.2024
Volvo 2030 yilga borib faqat elektromobillar sotish rejasidan voz kechmoqda

18:19 / 08.06.2023
Volvo EX30 elektromobilini taqdim etdi

12:00 / 11.05.2021
Xavfsiz va keng funksionallikka ega oilaviy mashinalarni haydash vaqti keldi!

15:39 / 02.03.2021