Afğonistonning Nangarhor viloyatida sodir etilgan terrorçilik harakati oqibatida sakkiz nafar politsiya xodimi halok böldi. Bu haqda Onadölu agentligi xabar berdi.
Nangarhor gubernatori matbuot kotibi Otaulla Hugayniyning ma'lum qilişiça, terrorçilar Gandumak aholi maskanidagi politsiya bölimi yaqinida minalaştirilgan avtomobilni portlatişgan.
Nagarhor viloyati kengaşi rahbarining örinbosari Ubaydulla Şinvariy esa terakt natijasida 14 nafar politsiyaçi halok bölganini aytgan.
Şu bilan bir vaqtda Kobuldagi Pul-i Kampani va Salim Karvon uyezdlarida sodir etilgan teraktlar oqibatida tört kişi yaralangan.
Bu haqda Kobul politsiyasi matbuot kotibi Firdavs Faramarz ma'lum qildi.
Nangarhordagi terakt uçun javobgarlikni «Tolibon» harakati öz zimmasiga olgan.
Ayni vaqtda Dohada Afğonistondagi zöravonlikka çek qöyişga qaratilgan tinçlik kelişuvlari davom etmoqda.

















