«Özgidromet» xabariga köra, bugun respublikaning aksariyat viloyatlarida me'yorga yaqin bölgan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat kunning birinçi yarmida Toşkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomğir yoğişi ehtimoli saqlanib turadi. Havo harorati oxirgi kunga nisbatan pasayadi va 8-13 daraja iliqni taşkil etadi.

Ertaga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelişi hisobiga Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida keçasi va ertalab biroz yomğir yoğişi mumkin, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba'zi joylarda yomğir yoğadi. Havo harorati keçasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq atrofida böladi.

Iş haftasi oxirigaça yoğingarçilik kutilmaydi. Keçalari harorat 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 10-15 daraja iliq atrofida böladi, juma kuni 14-17 daraja iliqqaça kötariladi.

Hafta davomida respublikaning toğli hududlarida qor köçişi xavfi saqlanib turadi.