Mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat joriy etildi.

Birinçi vitse-prezident Mint Şve tomonidan imzolangan va harbiylar tasarrufidagi Myawady TV telekanalida e'lon qilingan bayonotga köra, harbiylar general Min Aung Hlaingni vaqtinçalik prezident etib tayinlagan. Sobiq general U Mint Sve esa Demokratiya uçun milliy liga rahbarligidagi hukumatda Qurolli Kuçlarga vakillik qiliş uçun harbiylar tomonidan vitse-prezident deb e'lon qilindi.

«Mamlakat qonunçilik, ma'muriy va sud vakolatlari 2008 yilgi Konstitutsiyaning 418-moddasiga muvofiq Qurolli Kuçlar boş qömondoniga ötkaziladi, saylovdagi qonun buzilişlariga qarşi çoralar körilmaguniça, mamlakat harbiylar tomonidan qöllab-quvvatlanadi», deyiladi bayonotda.

Aung San Suu Kihibsga olinişidan oldin yozgan maktubida öz tarafdorlarini bölayotgan özgarişlarni «qabul qilmaslik»ka va «davlat töntarişiga qarşi namoyiş ötkaziş»ga çaqirgan.

Qölga olinganlar orasida partiya Markaziy ijroiya qömitasi a'zolari, deputatlar va hukumat a'zolari bor. Associated Press agentligi ma'lumotiga köra, Aung San Suu Ki uy qamoğida saqlanmoqda.

Sönggi oylarda mamlakat rahbariyati va armiya rahbariyati örtasidagi munosabatlar ötgan yil noyabr oyida ötkazilgan parlament saylovlari natijalari tufayli keskin yomonlaşgandi.

Davlat töntarişiga nima sabab böldi?

Noyabrdagi saylovlarda Aung San Suu Ki rahbarligidagi «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi parlamentdagi örinlarning 83 foizini (476ta örindan 396tasi) qölga kiritib, ğalaba qozongandi. Bu partiyaga yana beş yilga hukumatni şakllantiriş imkoniyatini bergandi. Bu natijani köpçilik fuqarolik jamiyatining amalda Aung San Suu Ki boşqaruvidagi hukumatga işonç (farzandlari xorijiy davlat fuqarolari bölgani uçun uning özi prezident lavozimini egallay olmaydi) sifatida qabul qilişgandi.

Bu 2011 yilda mamlakatda harbiy diktaturaga çek qöyilgaç ötkazilgan ikkinçi umummilliy saylovlar bölgandi. Öşanda Myanmada demokratik islohotlar boşlangandi.

Saylovda harbiylar tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Birdamlik va ittifoq taraqqiyoti partiyasi esa 33ta öringa ega bölgan. Harbiylar natijalarni soxtalaştiriş holatlaridan şikoyat qildi va Oliy sudda natijalar yuzasidan bahslaşdi, Markaziy saylov komissiyasi esa firibgarlik dalillarini qayd etmadi.