Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki ajralganligi töğrisidagi ma'lumotnomani onlayn oliş mumkin, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.

“Har oyda minglab yurtdoşlarimizdan uşbu ma'lumotnoma söraladi. Endi uni oliş uçun FHDYo bölimlarida navbat kutişlar ortda qoldi. Uşbu xizmat Yagona portalda ham körsatiladi va sizni vaqtni behuda sarflaşdan qutqaradi”, - deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, ariza beruvçi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida röyxatdan ötib, ma'lumotnoma töldiradi. Söng, belgilangan miqdordagi tölovni amalga oşiradi. Sörovnoma FHDYo organiga yuboriladi.

FHDYo organi QR-kod qöyilgan ma'lumotnomani rasmiylaştiradi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Agar sörovnomada söralayotgan ma'lumotlar FHDYo organida mavjud bölmasa, u tegişli ravişda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş arxivlariga yuboriladi va bu haqda arizaçi xabardor qilinadi.

Xizmat 3 iş kunida körsatiladi. Tölov miqdori - Yagona portal orqali murojaat qilinganida bazaviy hisoblaş miqdorining 4,5 foizi.