Parvozlarning bajarilishiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan hodisalar yuzasidan uchuvchilar uchun chiqariladigan bildirishnomada (Notice to Airmen, NOTAM) Myanma aeroportlaridan xalqaro aviareyslarni bajarish va qabul qilish 31 maygacha to‘xtatilishi aytilgan.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Myanma aeroportlari hozircha parvozlar to‘xtatilishi haqida ko‘rsatmalar olmagan. Myanmadagi xorijiy elchixonalar esa o‘z fuqarolariga xalqaro aviaaloqa 30 aprelgacha to‘xtalishini ma'lum qilgan.  

Myanmada 1 fevralda harbiylar mamlakat boshqaruvini o‘z nazoratlariga olishdi. 1 fevral ertalab prezident Vin Min, hukmron partiya yetakchisi va mamlakat rahbari Aun San Su Chji hamda siyosiy rahbariyatning ko‘plab vakillari hibsga olingan. Bu 63 yil ichida Myanmada amalga oshirilgan 4-davlat to‘ntaruvi hisoblanadi.