Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, kun tartibidagi masala yuzasidan maslahat kengaşi raisi Samoyiddin Husenov sözga çiqdi. U öz çiqişida 51-“Xalqobod” saylov okrugidan viloyat kengaşi deputati, viloyat hokimi Botir Zaripov nomzodi Senat a'zoligiga tavsiya qilinganini aytdi.
Şundan söng yaşirin ovoz beriş yöli bilan Oliy Majlis Senati a'zosini saylaş böyiça saylov ötkazildi. Buxoro viloyati, tuman va şahar kengaşlari deputatlarining ovozi bilan Botir Zaripov Senat a'zosi etib saylandi.

Botir Zaripov 1969 yil 20 noyabrda Ğijduvon tumanida tuğilgan. 1997 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan.
U 2015-2016 yillarda AT “Agrobank” boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, 2016-2019 yillarda “Özqurilişmateriallari” aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi lavozimlarida işlagan. 2019 yil 4 apreldan esa yangidan taşkil etilgan “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi boşqaruvi raisi sifatida faoliyat körsatgan.

Botir Zaripov 2020 yil 7 noyabrda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. 2021 yilning 22 yanvar kuni Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi.

















