Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanişi lozim bölgan muvofiqlikni baholaş obektlari röyxatlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Mahsulot, işlab çiqariş jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, akkreditatsiya olişga talabgor yuridik şaxslar, muvofiqlikni baholaşda xodim sifatida iştirok etişga talabgor bölgan mutaxassislar, şuningdek inspeksiya nazorati ötkazilişida muvofiqlikni baholaş organlari muvofiqlikni baholaş obektlari hisoblanadi.
Quyidagilar muvofiqlikni baholaşning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- inson hayoti va salomatligi, yuridik va jismoniy şaxslar hamda davlat mol-mulkining xavfsizligini ta'minlaş;
- atrof-muhitning muhofaza qilinişini, şuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilişini ta'minlaş;
- mahsulot, işlab çiqariş jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar NHH, şuningdek texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaş;
- akkreditatsiya sohasida belgilangan işlarni bajarişda muvofiqlikni baholaş organlarining vakolatlarini tasdiqlaş.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Majburiy ekologik sertifikatlanişi lozim bölgan mahsulotlar va çiqindilar röyxati;
- Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlar röyxati;
- Sanitariya-epidemiologik xulosaga mos keladigan mahsulotlar röyxati;
- Texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanişi majburiy bölgan mahsulotlar röyxati.
«Özstandart» agentligiga texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda muvofiqlikni baholaş lozim bölgan mahsulotlar nomenklaturasini doimiy ravişda takomillaştiriş çoralarini köriş topşirildi.











