Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva şahar jamoat joylari özgartirilişi borasida munosabat bildirdi.

“Şahar jamoat joylari, ayniqsa yaşil boğ hududlari muhofaza qilinişi, asralişi va kengaytirilişi lozim. Jamoat va şahar aholisining fikrini e'tiborga olmasdan ularni tubdan özgartiriş mumkin emas” , deb yozdi u öz Telegram-kanalida.

Avvalroq Toşkent şahri hokimligi mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bağişlab quriladigan «Istiqlol» majmuasi loyihasi uçun tanlov e'lon qilgandi.

Qayd etilişiça, yangi majmua Toşkent markazidagi xiyobon örnida quriladi: quriliş uçun Şarof Raşidov, Islom Karimov va Afrosiyob köçalari oraliğida, Markaziy univermag (TsUM) qarşisidagi hudud tanlangan.

E'lon qilingan mazkur tanlov qizğin bahs-munozaralar keltirib çiqardi. Şundan söng poytaxt hokimligi bu mavzu yuzasidan bayonot berdi.

Bayonotda aytilişiça, maydondagi köp yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolgan hamda hozirgi xiyobon faoliyatiga ta'sir qilmagan holda mamlakat tarixi, mustaqillik yillaridagi yutuqlar, milliy öziga xoslikni namoyon etuvçi majmuani barpo etiş e'lon qilingan tanlov şartlarida alohida körsatib ötilgan.

“Bugundan e'tiboran Toşkent şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilişi belgilangan hududdagi barça daraxtlar xatlovdan ötkaziladi va muhofazaga olinadi”, - deyilgan hokimlik bayonotida.