Davlat statistika qömitasi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 3 fevral kuni ötkazilgan kuzatuv natijalari böyiça alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma'lum qildi.
Suyakli mol göşti 45 ming sömdan 65 ming sömgaça (kg)
Kuzatuv natijasiga köra, 1 kg suyakli mol göştining minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori», Namangan şaharining «Namangan çorsu dehqon universal bozori» va Urganç şaharinng «Urganç markaziy dehqon bozori» rastalarida (45 ming söm) qayd etilgan.
Suyakli mol göştining maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Eski jöva dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Qöyliq dehqon bozori»da (65 ming söm) kuzatilgan.
Qöy göşti 48 ming sömdan 78 ming sömgaça (kg)
Qöy göştining minimal narxi Nukus şahrining «Nukus dehqon bozori» (48 ming söm) arzonlaştirilgan rastalarida röyxatga olingan.
Maksimal narxi esa Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da (78 ming söm) kuzatilgan.
Kartoşka 2 800 sömdan 6 ming sömgaça (kg)
Kuzatuv natijalariga köra, Toşkent şahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvdagi yirik bölmagan kartoşkaning narxi minimal narx sifatida (2 ming 800 söm) qayd etilgan.
Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvdagi saralangan kartoşkaning narxi maksimal narx sifatida (6 ming söm) qayd etildi.
Piyoz 1 ming 200 sömdan 3 ming 500 sömgaça (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori»da (1 ming 200 söm) röyxatga olindi.
Maksimal narx sifatida esa Toşkent şahrining «Oloy dehqon bozori»da sotuvda bölgan saralangan piyozning narxi(3 ming 500 söm) kuzatildi.
Sabzi 1 000 sömdan 4 ming sömgaça (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi Guliston şahrining «Guliston dehqon bozori», Farğona şahrining «Farğona şahar markaziy dehqon bozori»da (1 000 söm) qayd etilgan.

















