Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiqo‘rg‘onda kartoshkaga ixtisoslashtirilgan tomorqa klasteri tashkil etiladi
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida aholi tomorqalarida kartoshka ekishni ko‘paytirish va sifatli urug‘ olib kelish hisobiga hosildorlikni oshirish choralari belgilangan. Buning uchun «Yangiqo‘rg‘on kartoshka urug‘chilik markazi tomorqa xizmati» MChJ tashkil etildi.

Foto: Getty Images
Viloyat fermerlar kengashidan Kun.uz'ga ma'lum qilishlaricha, loyiha qiymati – 4,6 mlrd so‘m.
Bu mablag‘larga Niderlandiyadan 525 tonna, shundan Fermerlar kengashi huzuridagi jamg‘arma hisobidan ajratilgan 3 mlrd so‘mlik mablag‘ evaziga 325 tonna, aholining 1,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari hisobidan 200 tonna super elita kartoshka urug‘lari olib kelingan.
Kartoshkachilik tajribasiga ega 3780 ta xonadondagi 150 gektar maydonda jami 525 tonna 8 xil navli (shundan «Sante» 85 tonna, «Silvana» 10 tonna, «Primabella» 60 tonna, «Sagita» 21,2 tonna, «Lizetta» 59,5 tonna, «Konstansa» 105 tonna, «Arnova» 138 tonna, «Lusinda» 46 tonna) yuqori reproduksiyali kartoshka urug‘lari ekilib, 5250 tonna birinchi avlodli kartoshka urug‘ligi yetishtirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yetishtirilgan urug‘lik 75 ming xonadonning 1540 gektar maydoniga yetadi, kelgusida 46,2 ming tonna kartoshka yetishtiriladi.
Sifatli kartoshka urug‘ligi ekilishi hisobiga viloyatda qo‘shimcha 30 ta MFY 101 mingta xonadonda «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida kartoshka ekilishi tizimiga o‘tadi.
Sifatli kartoshka urug‘i yetkazib berish, belgilangan agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, sohaga ilg‘or tajribalarni joriy etish, provardida viloyatda kartoshka urug‘chilik bazasini yaratish maqsadida Tomorqa xizmati korxonasi negizida «Kartoshkachilik» tomorqa klasteri tashkil etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

20:29 / 21.07.2025
Markaziy bank oxirgi bir yilda narxlari eng ko‘p o‘zgargan tovarlarni ma’lum qildi

09:25 / 11.07.2025
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi

21:10 / 28.02.2025
Lukashenko kartoshka narxining oshishiga aloqador barchani «haydashni» talab qildi

09:38 / 23.02.2025