Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Rahmonov daraxtlarga nisbatan özboşimça yondaşuv bilan qanday kuraşilayotgani haqida gapirib ötdi.

«Ekologiya yönalişida harakatlarni qanday töğri amalga oşiriş kerakligini hozir hammamiz örganmoqdamiz. Ilgari istagan har kim sörovsiz daraxt kesavergan bölsa, hozir bunaqasi ketmaydi. Hozir bitta şoxni kesiş uçun ham tuman ekologiya inspektorlari tomonidan dalolatnoma tuziladi. Ular daraxtlarga şakl beriş jarayonida ham iştirok etişadi.

Tuman va şahar obodonlaştiriş xizmatlarida faqatgina daraxtlarga şakl beriş bilan şuğullanuvçi alohida bölimlar bor. Şoxlarni butalaş, kurtaklaş mavsumida parvarişlaş kabilarni faqatgina mutaxassislar amalga oşiradi», – dedi Rahmonov 8 fevral kungi matbuot anjumanida.

Hokim örinbosari daraxtlar bilan «varvarça» yondaşuv barham topişi uçun yana bir yil kerakligini aytdi.

Baxtiyor Rahmonov

«Daraxtlarni butalaş işlari taxminan 40 foiz holatda öşa hudud fuqarolari iştirokida amalga oşiriladi. Çunki daraxtning şoxi noqulay joylaşgan, misol uçun, derazani oçişga xalal beradigan holatda bölişi mumkin.

Daraxtlarni ruxsatsiz kesiş holatlari ham bölgan. Bular böyiça ekologiya inspektorlari va huquqni muhofaza qiliş organlari şuğullanmoqda. Öylaymanki, yana bir yil bu mavzuda gapirsak, daraxtlarga «varvarça» yondaşuv barham topadi. Biz bu bilan kuraşyapmiz», – dedi Baxtiyor Rahmonov.

Ma'lumot uçun, prezident farmoni bilan, respublikada davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilişiga joriy etilgan moratoriy 2021 yil 31 dekabrgaça uzaytirilgan.