Eron oliy yetakçisi oyatulla Ali Homanaiy islom inqilobining 42 yilligi munosabati bilan 3840 nafar mahkumni afv etdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq amnistiya loyihasi va mahkumlar röyxati mamlakat oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy tomonidan taqdim etilgandi.
Eron kalendari böyiça bu yil 10 fevralga töğri kelgan bahman oyining 22-kuni mamlakatdagi eng asosiy milliy bayramlardan hisoblanadi. Bu kun Eronning oxirgi şohi Muhammad Rizo Pahlaviyga qarşi kuraşda islom inqilobi ğalaba qozongan kun deb hisoblanadi.
Eron konstitutsiyasiga köra, mamlakat diniy rahnamosi oliy sud raisining tavsiyasi bilan mahkumlarni afv etişi yoki jazo ötaş muddatini qisqartiriş huquqiga ega.












