Prezident Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan kiritilayotgan asosiy özgartiriş — sud tizimiga taalluqli (Konstitutsiyaning 107-moddasi 1-qismi).
Endilikda Özbekiston Respublikasida sud tizimi:
- Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
- Özbekiston Respublikasi Oliy sudi;
- harbiy sudlar;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyatlar va Toşkent şahar ma'muriy sudlari;
- fuqarolik işlari böyiça tumanlararo, tuman, şahar sudlari;
- jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlari;
- tumanlararo, tuman, şahar iqtisodiy sudlari;
- tumanlararo ma'muriy sudlardan iborat bölişi belgilab qöyildi.
Bungaça sud tizimida tuman ma'muriy sudlari ham mavjud bölgan bölsa, endilikda har bir viloyatda bitta tumanlararo ma'muriy sud taşkil etiladi. Şuningdek, viloyat miqyosidagi fuqarolik işlari böyiça sudlar, jinoyat işlari böyiça sudlar hamda iqtisodiy sudlar alohida bölgan bölsa, endi uşbu sudlar yagona umumyurisdiksiya sudlariga birlaştirildi.
Şuningdek, Konstitutsiyadagi ayrim örinlardagi «qonunlarga» degan söz «qonun hujjatlariga» degan sözlar bilan almaştirildi.










