2021 yil 8 fevral kuni Kun.uz saytida «Navoiyda sud raisi gazeta muharririga buyurtma maqola çiqarilmagani uçun tahdidli xat yölladi» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda Navoiy viloyati Uçquduq tuman iqtisodiy sudi raisi Xurşid Tursunov «Uçquduq» gazetasi tahririyati muharriri Rayhon Qodirovaga yuborgan maqolalarini çop etib, gazetadan bir nusxa jönatmasa, jarimaga tortişi haqida tahdidli xat jönatgani, sudning buyurtma maqolasi esa plagiat bölib çiqqani haqida söz yuritilgandi.
Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati uşbu maqolada tilga olingan holatlar böyiça sud raisining xatti-harakatlari Kengaş tomonidan örganilayotganini ma'lum qildi.
«Mazkur maqolada qalamga olingan voqelik jiddiyligi, ayniqsa «Sudyalarning odob-axloq kodeksi» talablari buzilgan-buzilmaganiga oydinlik kiritiş va tegişli baho beriş lozimligidan kelib çiqqan holda örganilmoqda.
Natijasi haqida qöşimça ma'lumot beriladi», deyiladi Sudyalar oliy kengaşi ma'lumotida.










