Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lum qilişiça, sud va litsenziyalovçi organning qarorlari bilan bir qança xususiy bandlik agentliklarining faoliyati vaqtinça töxtatilgan yoki bekor qilingan.

Xususan, quyidagi bandlik agentliklarining litsenziyasi bekor qilindi:

  • «Full employment xususiy bandlik agentligi»ning litsenziyasi Toşkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi 4-1001-2002-21466-sonli qarori bilan;
  • «DAWAMLI SATLI IS XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI»ning litsenziyasi Toşkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 25 yanvardagi 4-1001-2002-21461-sonli qarori bilan;
  • «Profit4you Europe xususiy bandlik agentligi»ning litsenziyasi Toşkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 2021 yil 7 yanvardagi 4-1001-2002-21458-sonli qarori bilan;
  • «Vodiy HR xususiy bandlik agentligi»ning litsenziyasi Lisenziyalovçi organning 2021 yil 29 yanvardagi 90-sonli qarori bilan bekor qilingan.

Şuningdek, yana uçta xususiy bandlik agentliklari – «Kontinent himoya xususiy bandlik agentligi», «Xususiy bandlik agentligi manpower» MÇJ QK, «Bek jobs xususiy bandlik agentligi» MÇJ litsenziyasi iqtisodiy sudlarning hal qiluv qaroriga asosan töxtatilgan.

Uşbu agentliklar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi depozit hisob raqamida bazaviy hisoblaş miqdorining sakkiz ming beş yuz baravari miqdoridagi mablağlarni (2021 yil 1 fevral holatiga 2 milliard 82 million 500 ming söm yoki 200 ming AQŞ dollari miqdorida) zaxira qilişlari kerak böladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lumotlariga köra, 2021 yil 9 fevral holatiga köra Özbekistonda reyestrda röyxatdan ötgan xususiy bandlik agentliklari soni 105 tani taşkil etadi. Ularning 14 tasiga litsenziya berilgan. Belgilangan tölovlarni amalga oşirmagani uçun törtta taşkilotning arizasi rad etilgan. 62 ta taşkilotning litsenziyasi esa bekor qilingan yoki amal qiliş muddati tugatilgan.