«Sport ekspress» naşri Çempionlar ligasining formati inqilobiy darajada özgarişi kutilayotgani haqida material e’lon qildi. 

Seşanba kuni UYeFA taşkilotning barça a’zolarini Çempionlar ligasining formati 2024 yildan özgartirilişi közda tutilgani haqida ogohlantirdi. Boş yevrokubokning yangi tuzilmasi hozirça e’lon qilinmagan - uni Yevropa futbol ittifoqi ijroiya qömitasi ham tasdiqlaşi kerak. Ammo islohotlar loyihasi hozirdan köpçilikka ma’lum - özgarişlar birinçi navbatda guruh bosqiçiga taalluqli.

Asosiy özgarişlar
— Turnirning guruh bosqiçi iştirokçilari soni 32 klubdan 36taga yetkaziladi.

— Alohida guruhlar bölmaydi. Barça 36 jamoa yagona turnir jadvalida kuç sinaşadi, jamoalar qisqartirilgan şveysarça tizimda bir-birlari bilan öynaşadi.

— Hozirda guruh bosqiçida jamoalar oltitadan öyin ötkazişsa, yangi Çempionlar ligasida guruh bosqiçi öyinlari soni 10taga yetadi (beşta uy öyin va beşta safar öyini). Şu bilan birga, davra tizimi bölmaydi: uy öyin — önta turli raqiblar bilan ötkaziladi.

— Guruh bosqiçi yakunlangaç, 1-8-örinlarni egallagan jamoalar pley-offga yöl oladi, 9-24-örinlarni egallaganlar 1/8 finalga çiqiş uçun qöşimça raund ötkazişadi.

 

Qöşimça 100 öyin. Taqvim bilan nima böladi?
Yangi formatda öyinlar soni köpayadi. Hozirda guruh bosqiçida 96 öyin ötkaziladi. Islohotga köra 18tadan öyin öynaladigan 10 tur nazarda tutilmoqda, ya’ni jami 180 uçraşuv. Bundan taşqari, guruh bosqiçi va nimçorak final örtasida pley-offga çiqiş uçun qöşimça raund böladi, bu bosqiçda yana 16 öyin bölib ötadi. Bundan kelib çiqadiki, Çempionlar ligasidagi öyinlar soni 100taga ortadi.

Guruh bosqiçining kengaytirilişi taqvimni tiğizlaştiradi, öz-özidan qöşimça tört öyin uçun joy topiş kerak (guruh bosqiçida hozir 6 öyin ötkazilayotgan bölsa, yangi formatga köra 10 öyin). Hozirça nimaning hisobiga öyinlar soni oşirilişi ma’lum emas. Bu holda içki kubok öyinlarni ötkazişda davom etiş xavf ostida qoladi. Ehtimol, kuzda milliy jamoalar öyinlari uçun ajratiladigan FIFA kunlari qisqartirilar — hozirda uç marta şunday tanaffus beriladi, şunday tanaffuslardan biri qurbon qilinişi ham mumkin.